Ostona shahar ixtisoslashtirilgan tumanlararo iqtisodiy sudi shaharning shu nomli klubini tasarruf qiluvchi “‘Ostona’ professional futbol klubi” AJni bankrot deb tan oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Bankrotlik jarayoni to‘qqiz oy muddat davom etadi. Qaror kuchga kirdi.
Davlat daromadlari shahar departamenti olib borgan ish materiallariga ko‘ra, klubning 36 million tenge (qariyb 105 ming dollar) qarzi bor. Ta’kidlanishicha, qarzni majburiy undirishning qonunda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlari natija bermadi. Shu bilan bog‘liq ravishda departament sudga murojaat etib, AJni bankrot deb tan olishni so‘radi.
Izoh (0)