JCh—2018 saralashi doirasida bo‘lib o‘tgan Gretsiya — Bosniya uchrashuvining 80-daqiqasida bosh hakam Yunas Eriksson har ikki jamoaning bittadan futbolchisini maydondan chetlatdi.
Shu daqiqada “Roma” klubiga tegishli bo‘lgan Edin Jeko Sokratis Papastatapulosning ishtonini yechib yubordi. Vaziyatga Kriyakos Papadopulosning aralashishi esa kichik janjalni keltirib chiqardi. Natijada hakam bir nafardan futbolchilarni haydab yubordi.
Ma’lumot uchun, bellashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Izoh (0)