Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi strukturasiga kiruvchi Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi (UzInfocom) rahbari etib Husan Isayev tayinlandi. Yangi direktorni jamoaga 7-noyabr kuni axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Xurshid Mirzohidov tanishtirdi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Husan Isayev (1972-yilda tug‘ilgan) 2014-yil martidan “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh (0)