2015-yili Sinay yarim oroli osmonida halokatga uchragan Rossiya samolyoti yo‘lovchilari orasida bo‘lgan, shu paytga qadar shaxsi aniqlanmagan qurbonlarning qoldiqlari shu yilning oxiriga qadar bitta qabrda ko‘miladi. Bu haqda Peterburg sotsial siyosat qo‘mitasi rahbari Aleksandr Rjanenko bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
Rjanenkoning ta’kidlashicha, Tergov qo‘mitasi hamda qurbonlarning yaqinlari shaxsi aniqlanmaganlarning qoldiqlarini shu tarzda dafn etishga rozilik bergan. “Reys 9268” xayriya jamg‘armasi qo‘mita bilan birgalikda marosimni amalga oshirish tartibi va muddatlari borasida muzokaralar olib bormoqda.
“Bundan tashqari, yodgorlik o‘rnatish haqidagi masala ko‘rib chiqilishi ehtimoli bor”, — qo‘shimcha qildi Rjanenko.
Izoh (0)