Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on terrorchilar Germaniya hududida boshpana topayotganini aytdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Biz Germaniyadan hech narsa kutmayapmiz, lekin sizga (Germaniyaga) terrorga ko‘mak berganingiz uchun tarixning o‘zi hukm o‘qiydi”, — dedi Turkiya rahbari.
Shuningdek, u Turkiya rahbariyati Germaniya uzoq yillardan buyon Kurdiston ishchi partiyasi hamda Inqilobiy xalq ozodlik partiya-frontini qo‘llab-quvvatlayotganidan tashvishdaligini bildirdi.
“Germaniya gulenchilarning terrorchi tashkiloti uchun orqa hovliga aylanmoqda”, — qo‘shimcha qildi Erdo‘g‘on.
Izoh (0)