Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonga politsiya Londonda velosipedda uchishni taqiqlab qo‘ydi, deb yozadi TJournal. Poytaxtga merlik qilgan chog‘larida aynan Jonson ushbu transport turini rivojlantirish uchun ko‘p ishlar qildi, ishga velosipedda borish odati esa uni juda mashhur qilib yubordi.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Taqiq iyuldayoq, Jonson vazir etib tayinlanganidan so‘ng qo‘yilgan edi, ammo u uzoq vaqt davomida soqchilik xizmati talablariga e’tibor bermaslikka urindi, politsiya esa o‘z taqiqida qat’iy turib oldi va u bu holda terrorchilar uchun oson nishonga aylanishini ta’kidladi.

Yaxshi jismoniy formani saqlab turish uchun 52 yoshli vazir endi velosipedda uchish o‘rniga yugurish bilan shug‘ullanmoqda — shaharliklar uni erta tongda Sent-Jeyms bog‘ida suratga tushirishga ham ulgurdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi