Futbol bo‘yicha jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar, Germaniya terma jamoasi hujumchisi Miroslav Kloze futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda, Germaniya futbol ittifoqiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
38 yoshli Kloze Germaniya termasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov va sport direktori Xans-Diter Flik bilan kelishgan holda individual dastur asosida murabbiylik tayyorgarligidan o‘tadi. U faoliyatini murabbiy sifatida davom ettirishni ko‘zlamoqda.
Germaniya futbol ittifoqi ma’lumotiga ko‘ra, Kloze shu paytdan boshlab milliy terma jamoa murabbiylik shtabi tarkibiga qo‘shiladi.
Terma jamoa tarkibida Kloze 137 uchrashuv o‘tkazib, 2002-yilgi jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi, 2014-yilda esa jahon chempioni bo‘ldi. U Germaniya jamoasi tarkibidagi eng yaxshi to‘purardir (71 ta gol). 2014-yilgi jahon chempionati yakunlariga ko‘ra u jahon birinchiliklari tarixida eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchiga aylandi (16 ta gol).
Izoh (0)