Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyadagi Milliy tadqiqot-texnologiya universitetida O‘zbekistonda 4-dekabrda bo‘lib o‘tadigan Prezident sayloviga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi. Bu haqda “Jahon” xabar bermoqda.

Foto: “Jahon”

Foto: “Jahon”

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilari tarkibi vakillari hamda talabalar ishtirok etdi.

Brifing ishtirokchilari O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirildi. 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovi hamda saylovoldi kampaniyasiga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston milliy saylov tizimining o‘ziga xos jihatlaridan biri Markaziy saylov komissiyasining saylovlarni tashkil etishdagi o‘rni va ahamiyati bosqichma-bosqich oshib borayotgani bo‘lib, bu konstitutsion-huquqiy maqom 2014-yilda sezilarli darajada mustahkamlandi.

Chiqish qilganlar 2015-yil 29-dekabrda “O‘zbekiston Prezidenti saylovlari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga batafsil to‘xtalib o‘tdi. Ushbu o‘zgarishlar 2010-yilda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusiga ko‘ra parlament tomonidan qabul qilingan mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish konsepsiyasi holatlariga asoslangani ta’kidlab o‘tildi.

Milliy qonunchilikka muvofiq barcha siyosiy partiyalar O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga o‘z nomzodlarini aniqladi. Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan mamlakatning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalarida saylov uchastkalari tashkil etildi. Jumladan, bunday uchastkalar Rossiyaning Moskva va Novosibirsk shaharlarida bor.

Bundan tashqari, ishtirokchilarga O‘zbekiston–Rossiya munosabatlari haqida ma’lumot berildi.

Tadbirning alohida qismi oliy ta’lim dargohida tahsil ko‘rayotgan o‘zbekistonlik talabalarning turmushi va mashg‘ulotlarda ishtirok etishiga doir masalalarga bag‘ishlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi