Amerikalik harbiylar boshi bilan tankda tiqilib qolgan yenotga yordam ko‘rsatdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Erkaklar yenotni olib chiqishga muvaffaqiyatsiz uringanidan so‘ng harbiy formadagi bir kishi yordamga kelib, jonivorni tezda chiqarib oldi va yerga tashladi.
“Bu mitti yigitcha tank ichida tiqilib qoldi. Mening akam uni jarohat yetkazmasdan qutqarib oldi”, — deb yozadi internetda joylashtirilgan video muallifi.
Izoh (0)