Tinch okeanini yolg‘iz kesib o‘tayotgan taniqli xitoylik sayyoh Go Chuan Gavayi orollari yaqinida bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Sayyohni qidirish uchun Gonolulu shahridan havo kemasi yo‘lga chiqdi. Ammo qutqaruvchilar Go Chuanning trimaranidan uzilib tushgan yelkannigina aniqlay oldi. U bilan aloqaga chiqishga bo‘lgan barcha urinishlar muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
Go Chuan 20-oktabr kuni San-Fransiskodan yelkanli trimaranda yo‘lga chiqqan edi. U Tinch okeanini yolg‘iz kesib o‘tish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatib, sayohatni Shanxayda yakunlamoqchi edi.
Izoh (0)