Turkiya qo‘shinlari, zarur bo‘lsa, Iroqdagi yer usti operatsiyasida ishtirok etishi mumkin. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bayonot berdi, deb xabar qiladi AFP.
Uning aniqlik kiritishicha, Turkiya Iroqda Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi yer usti operatsiyasini o‘tkazishi mumkin.
“Agar Turkiya uchun xavf mavjud bo‘lsa, biz qo‘limizdagi barcha vositalardan foydalanamiz, ushbu xatarni bartaraf etish uchun yer usti operatsiyasi ham o‘tkazilishi mumkin”, — dedi vazir.
Chavusho‘g‘li KIP Iroq hududida o‘z bazalarini joylashtirishini kurakda turmaydigan vaziyat deb hisoblashini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Izoh (0)