Sharqiy Xitoyning Szinan shahridagi (Shandun provinsiyasi) maktablardan birida pichoq bilan qurollangan kimsa ikki kishiga jarohat yetkazib, o‘quvchilardan birini garovga oldi. Bu haqda SINA portaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ayni vaqtda voqea joyi huquq-tartibot xodimlari tomonidan qurshab olingan. Maktabda hamon o‘quvchilar bor. Hozircha politsiya maktab binosiga hech kimni kiritmayapti va undan hech kimni tashqariga chiqarmayapti. Maxsus topshiriqli bo‘linma jinoyatchiga hujum qilishga va uni qo‘lga olishga tayyorlanmoqda.
Jabrlanganlarning shaxsiga aniqlik kiritilmagan. Ularning olgan jarohati qay darajada ekani ham ma’lum qilinmayapti. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, 2-sinf o‘quvchisi garovga olingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchi yaqin atrofdagi qishloqlardan birida yashaydi. Taxmin qilinishicha, u va ta’lim muassasasi ma’muriyati o‘rtasida mojaro kelib chiqqan.
Uning xatti-harakatlari sababi o‘rganilmoqda.
Izoh (0)