Iroq federal politsiyasi bo‘linmasi Mosulning janubiy ostonalaridan IShID terrorchilik guruhi jangarilarini haydab chiqarib, 50 dan ortiq neft qudug‘i va neftni qayta ishlovchi zavodni nazorat ostiga oldi. Bu haqda 18-oktabr, seshanba kuni “Elaf” gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Nashrning ma’lum qilishicha, Al-Kayyara aholi punktining atrofida 30 dan ortiq ekstremist yo‘q qilingan. Terrorchilarning qo‘lidan 100 dan ortiq oilani qutqarishga erishildi.
Iroq harbiy xizmatchilari Mosuldan janubi-sharqdagi Al-Hamdaniya tekisligidan ichkariga siljishda davom etmoqda. “As-Sumariya” telekanalining xabar qilishicha, mahalliy ma’muriyat binosida Iroq davlat bayrog‘i ko‘tarilgan. Armiya shahar chegarasidan 15 kilometr masofaga yaqinlashgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)