Qozog‘iston Qashag‘an konidan olinayotgan neft eksportini boshladi. Bu haqda, mamlakat energetika vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Qashag‘an neftining birinchi partiyasi Kaspiy quvur konsorsiumi va “Kaztransoyl” quvur tizimlariga yuklandi. Birinchi partiya Kaspiy quvur konsorsiumi tizimlariga 7700 tonna, “Kaztransoyl” AJ tizimlariga 18800 tonna miqdorida yuborildi.
Shuningdek, “Intergaz Markaziy Osiyo” AJ magistral tizimiga 22,8 million kubometr gaz yuborildi.
Qashag‘an MDHdagi eng yirik neft konlaridan biri hisoblanadi.
Izoh (0)