O‘zbekiston va Xitoy terma jamoalari o‘rtasidagi JCh—2018 saralash o‘yini oldidan so‘rovnoma o‘tkazilgan bo‘lib, unda o‘quvchilar bellashuvdan nima kutayotganliklarini belgilab chiqqandi.
So‘rovnoma yakuniga ko‘ra, ishtirokchilarning 42 foizi g‘alaba O‘zbekiston tomonida bo‘lishini taxmin qilgani ma’lum bo‘ldi.
Xitoyning ham Eron kabi zafar quchib ketishi hamda “Bunyodkor” stadionining muxlislar bilan to‘lmasligi bir xilda — 13 foizdan ovoz to‘pladi. Qayd etish kerak, Xitoyga qarshi bellashuvga Eron bilan o‘yinga kelganichalik ishqiboz tashrif buyurmagani translyatsiya davomida ko‘rindi.
Izoh (0)