2015-yilda 53 davlat vakillari mamlakat hududida kelishilgan futbol uchrashuvlari o‘tgani haqida ma’lumot berdi. Bu haqda “Rossiya — sport davlati” forumining munozara sessiyasida Interpol eksperti Xu Syuetszyao ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Uning so‘zlariga qaraganda, Interpol 2007-yilda sportda noqonuniy pul tikishga qarshi kurashga qaratilgan taktik tashkilotni tuzgan. 2016-yilda 7400 tekshiruv o‘tkazilgan, 53 million dollar musodara qilingan, 12 ming hibsga olish amalga oshirilgan.
“Rossiya kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash bo‘yicha ishchi guruh tarkibiga kiradi”, — qo‘shimcha qildi Xu Syuetszyao.
Izoh (0)