AQSh harbiy-dengiz kuchlarining R-8A Poseidon kemalarga qarshi patrullash samolyoti O‘rta Yer dengizi sharqiga navbatdagi parvozini uyushtirdi. Ushbu hududda Rossiya harbiy-dengiz kuchlari doimiy tezkor qo‘shilmasi kemalari joylashgan, deb ma’lum qiladi “Interfaks”.
Harbiy aviatsiya harakatini kuzatuvchi saytlarda ma’lum qilinishicha, 168859 bort raqamiga ega razvedkachi samolyot ertalab Sitsiliyadagi Sigonella aviabazasidan uchib chiqqan bo‘lib, bir necha soat davomida Kiprdan janub va g‘arbni razvedka qilgan.
Izoh (0)