AQShning Mayamida joylashgan Forza startapi dunyodagi birinchi aqlli turnik — Smart Fitness Bar’ni ishlab chiqardi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
TechCrunch portalining hazil tarzida yozishicha, ishlanma mualliflari turnikni birinchi marotaba “aqlli” qilib ishlab chiqarishiga sabab qandaydir yuqori texnologiyalar emas, balki ilgari birov buni foydali ishlanma deb o‘ylamaganidir.
Smart Fitness Bar Bluetooth orqali smartfonga ulanib, barcha zarur axborotni turnik va Forza’ning boshqa mahsulotlari uchun maxsus tayyorlangan mobil dasturga yo‘llaydi. Turnik, tortilishlar sonini sanashdan tashqari, inson pulsini o‘lchashni, shuningdek, eritilgan kaloriyalarni hisoblashni biladi.
Ishlanma mualliflarining fikricha, bu kabi uskunalar foydalanuvchilarga bellashuv ruhini saqlashga yordam beradi.