Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

11-oktabr kuni Xitoy milliy terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan JCh—2018 saralash o‘yinida Odil Ahmedov va Server Jeparov maydonga tushishga tayyor. Bu haqda terma jamoa mashg‘ulotini kuzatib borgan “Championat.asia” nashri xabar berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotda o‘zbekistonliklar sardor va vitse-sardori umumiy guruhda shug‘ullangan.

Avvalroq Odil Ahmedov Yevropa Ligasida olgan jarohati sabab Eronga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, o‘sha uchrashuvning birinchi bo‘limida Server Jeparov jarohat olib, maydonni tark etgandi.

Hujumchi Aleksandr Geynrix va himoyachi Anzur Ismoilov esa sariq kartochkalari bois Xitoyga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan dori ishlab chiqardi
Dunyo
Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadini bo‘laklab, muzlatkichda saqlagani aniqlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi rekord darajaga yetdi