Butun dunyoga taniqli XDubai va Skydive Dubai jamoalari yangi videoni e’lon qildi, deb yozadi UAE Inside. Unda to‘rt kishi vingsyut (maxsus qanotli libos) kiyib, Dubayning Dubai Marina tumanidagi binolar orasida uchayotganini ko‘rish mumkin.

Foto: UAE Inside

Foto: UAE Inside

Ekstremallar osmono‘par binolardan atigi bir necha metr naridan uchib o‘tmoqda, ularning aql bovar qilmaydigan tayyorgarliklarigina beton tog‘lar orasidan epchillik bilan turli yo‘nalishlarga qayrilib, o‘tib ketish imkonini bermoqda.