Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler mamlakat siyosiy hayotida yana ishtirok eta boshlashi mumkinligini istisno qilmadi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: Global Research

Foto: Global Research

“Hozircha bu ochiq savolligicha qolmoqda”, — dedi u Esquire jurnaliga bergan intervyusida.

“Hozir o‘zimga to‘g‘ri keladigan o‘rin topa olamanmi, yo‘qmi, bilmayman. Ayni paytda men o‘z ahvolimga doir axborotning faqat bir qismini oshkor etishni istardim”, — qo‘shimcha qildi Bler.

Sobiq hukumat rahbarining so‘zlariga qaraganda, Britaniya jamoatchiligi hozirda Brexit masalasida “ultraso‘l” leyboristlar partiyasi hamda konservativ hukumat o‘rtasidagi ixtiloflar girdobida qolib ketdi. U mazkur vaziyatni “Buyuk Britaniya uchun fojia” deb baholadi.

“Konservativ hukumat Yevroittifoqdan qat’iyan chiqishni yoqlamoqda, ultraso‘l leyboristlar partiyasi esa bizni 60-yillarga qaytaradigan siyosiy metodlarni qo‘llab-quvvatlamoqda”, — ta’kidladi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda hokim yordamchisi 1,5 ming dollar pora olayotganida qo‘lga tushdi
Mahalliy
O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat biroz pasayadi
Shou-biznes
Tom Xenks o‘zi ishtirokidagi ba’zi filmlarni yomon ko‘rishi haqida so‘zlab berdi