Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

25-sentabrdan 3-oktabrga qadar Bolgariyaning Burgas shahrida ushu bo‘yicha o‘spirinlar o‘rtasidagi 6-jahon chempionati o‘tkazildi. Unda o‘zbekistonlik sportchilar medallarga ega bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Foto: O‘zbekiston ushu federatsiyasi

Foto: O‘zbekiston ushu federatsiyasi

Turnirda 53 mamlakatdan tashrif buyurgan 800 sportchi ishtirok etdi. Murabbiylar Dilshod Bozorov va Jamoliddin Salimjonov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi 11 sportchidan tuzilgan edi. Ularning yetti nafari taolu, to‘rt nafari sanda yo‘nalishida ishtirok etdi.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Musobaqa yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston vakillari oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Tayoq bilan ijro etiladigan kompleksda eng yaxshi natijani ko‘rsatgan Darya Latishova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi, Azizbek Isroilov esa sanda yo‘nalishida uchinchi bo‘ldi.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

“Ushu qiziqarli, chiroyli va nazokatli sport turi bo‘lgani uchun uni tanlaganman. Jang san’atining ushbu turida akrobatik harakatlar va qurolga egalik qilish meni o‘ziga tortadi”, — dedi Latishova.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi