JCh—2018. Saralashni O‘zbekistondan mag‘lub bo‘lish bilan boshlagan Suriya, Xitoyni safarda mag‘lub etdi
JCh—2018 3-saralash bosqichining “A” guruhida 3-turning ikkinchi o‘yini ham o‘z yakuniga yetdi.
O‘z maydonida Xitoyni qabul qilgan Suriya 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdagi yagona gol 54-daqiqada Muhammad Al-Mavas tomonidan kiritildi.
Suriya 3-bosqichni O‘zbekistonga qarshi Toshkentdagi o‘yin bilan boshlab, 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, 2-turda Janubiy Koreyani 2 ochkodan mahrum qilgandi — 0:0.
Xitoy esa 1-turda Janubiy Koreyada yengilgan — 2:3. 2-turda o‘z uyida Eronni mag‘lub eta olmagan — 0:0.
JCh—2018 3-saralash. 3-tur 6-oktabr, payshanbaXitoy — Suriya 0:1
Gol: Muhammad Al-Mavas, 54 (0:1).Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar