Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

3-oktabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

1. Qirg‘iziston delegatsiyasi Andijonga do‘stlik safarini uyushtirdi. O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaraoldi viloyatlari o‘zaro hamkorlik haqidagi memorandumni imzoladi.

2. “Tolibon” Afg‘onistonning Hilmand viloyatidagi tumanni egalladi. Avvalroq “Tolibon” Afg‘onistonning Qunduz shahri yaqinida qurolli hujum boshlagani haqida xabar berilgan edi.

3. Kolumbiyaliklar Inqilobiy qurolli kuchlar isyonchilari bilan tinchlik bitimiga qarshi ovoz berdi. Mamlakat prezidenti Xuan Manuel Santosga ko‘ra, referendum natijalariga qaramasdan, Kolumbiya armiyasi va FARC o‘rtasida e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish tartibi o‘z kuchida qoladi.

4. O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 18 so‘m 27 tiyinga oshdi. O‘tgan yil oktabrda ham taxminan shunday vaziyat kuzatilgan edi.

5. Muborak gazni qayta ishlash zavodi Malibu’si bor paralimpiyachilarning 3 tasiga 1 tadan Cobalt sovg‘a qildi. Fotima Amilova Rio—2016 da 1 tadan oltin, kumush va bronzaga ega chiqqan bo‘lsa, Dmitriy Xorlin ishtirokini kumush bilan yakunlagandi. Shohsanam Toshpo‘latova esa ikkita bronzani qo‘lga kiritgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi