Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kolumbiyaning “La Ekidad” jamoasi hujumchisi Yesid Aponsa 2-oktabr kuni yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: Twitter / @elespectador

Foto: Twitter / @elespectador

Noxush hodisa Kolumbiyaning Guachene shahrida sodir bo‘ldi. Xabarda ma’lum qilinishicha, 24 yoshli futbolchining avtomobili yo‘ldan chiqib ketgan.

Mahalliy rasmiylar voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda. “La Ekidad” klubi Twitter’dagi sahifasida Yesid Aponsaning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Kolumbiyalik futbolchi faoliyati davomida mahalliy “Independyente”, “Amerika” va “Boyaka Chiko” klublarida to‘p surgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikalik milliarderning terrorchiga aylangan nabirasi, Atlantikada to‘qnashib ketgan ikki suv osti kemasi va AQSHning birinchi prezidentiga aylangan Vashington.
Dunyo
Fransiyada poyezdda ketayotgan yigit o‘zini portlatib yuborish bilan tahdid qildi
Sport
“Barselona” MLS vakilini ro‘yxatdan o‘tkazishda 18 soniya kech qolgan