Kolumbiyaning “La Ekidad” jamoasi hujumchisi Yesid Aponsa 2-oktabr kuni yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Noxush hodisa Kolumbiyaning Guachene shahrida sodir bo‘ldi. Xabarda ma’lum qilinishicha, 24 yoshli futbolchining avtomobili yo‘ldan chiqib ketgan.
Mahalliy rasmiylar voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda. “La Ekidad” klubi Twitter’dagi sahifasida Yesid Aponsaning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Kolumbiyalik futbolchi faoliyati davomida mahalliy “Independyente”, “Amerika” va “Boyaka Chiko” klublarida to‘p surgan edi.
Izoh (0)