Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

SpaceX xodimlari Falcon 9 raketasining portlab ketish sabablarini tekshirish doirasida raqobatchi United Launch Alliance (ULA) kompaniyasi binosining tomiga chiqish uchun ruxsat olishga harakat qildi. Bu haqda The Washington Post gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

Foto: AFP

Foto: AFP

Nashrning ma’lum qilishicha, SpaceX vakillari videoyozuvlarda Falcon 9 raketasini sinovga tayyorlash vaqtida parvoz platformasi yaqinidagi bino tomida shubhali faollikni aniqladi. Bino SpaceX’ga raqobatchi kompaniya ULA’ga qarashli va parvoz platformasidan taxminan ikki kilometr masofada joylashgan.

Ilon Maskning kompaniyasi ULA binosi tomida g‘alati soya, keyin oq dog‘ni ko‘rish mumkin bo‘lgan kadrlarga ega.

Surishtiruv doirasida SpaceX xodimi ULA binosi tomiga o‘tishga urindi. Biroq kompaniya bunday harakatga ruxsat bermadi va buning o‘rniga AQSh Harbiy-havo kuchlari maxsus surishtiruvlar boshqarmasiga murojaat qildi. Tergovchilar tomni ko‘zdan kechirib, raketa portlashiga aloqador hech narsa topa olmadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi