Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston poytaxtida Ayollar tennisi uyushmasining (WTA) Tashkent Open 2016 18-xalqaro turniri yakunlandi. Turnir natijalarini “Gazeta.uz” keltirdi.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Finalda ruminiyalik Raluka Olaru (juftlik o‘yinlar reytingida 88-o‘rin) va turkiyalik Ipek So‘ylu (107) gollandiyalik Demi Shuurs (82) va chexiyalik Renata Vorachovadan (76) iborat duetni 7/5, 6/3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

G‘olibalar 12,3 ming dollardan mukofot puli va 280 ochkoni qo‘lga kiritdi. Ularning raqibalariga 6400 dollardan va jahon reytingida 180 ochkodan berildi.

Yakkalik bahslari finalida esa o‘tgan yilgi chempion, 21 yoshli Nao Xibino 24 yoshli Kristina Plishkovadan mag‘lub bo‘ldi. Umumiy hisob — 6/3, 2/6, 6/3.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Shu tariqa, Kristina turnirning yangi birinchi raqamiga aylandi hamda 43 ming dollar mukofot puli bilan WTA’dan 280 ochkoni qo‘lga kiritdi. Chexiya vakilasi jahon reytingida 67-o‘ringa ko‘tarildi. Xibinoga esa 21,4 ming dollar va 180 WTA ochkosi nasib qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Andijonda 127 ming nafar ishsiz fuqaro mavjud. Har yili yana 50 ming nafar yoshlar mehnat bozoriga kirib keladi” — prezident 
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-fevraldan metan zapravkalar faoliyati tiklanadi
Mahalliy
Jizzax, Samarqand, Farg‘onada elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, qariyb 250 mln so‘m zarar yetkazgan tadbirkorlar ushlandi