Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ahad Yusupov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston plyaj futboli terma jamoasi Vyetnamda davom etayotgan sohil sport turlari bo‘yicha Osiyo o‘yinlarining chorak finalida Afg‘onistondan yengildi.

Foto: MOQ matbuot xizmati

Foto: MOQ matbuot xizmati

Guruh bosqichida BAA bilan durang o‘ynab, penaltilar seriyasiga ko‘ra zafar quchgan o‘zbekistonliklar, afg‘onlarga qarshi o‘yinda 9 ta gol o‘tkazib yubordi va 4 ta gol urdi.

Yarim finalga, shuningdek, Tailandni 4:1 hisobida yenggan Ummon, BAA ustidan 6:2 hisobida zafar quchgan Yaponiya va mezbon Vyetnamni penaltilar seriyasiga ko‘ra ortda qoldirgan Livan yetib keldi.

Final ostonasida Livan va Yaponiya o‘zaro kuch sinashsa, Afg‘oniston termasi Ummonni sinovdan o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston plyaj futboli terma jamoasi safida “Paxtakor”dagi o‘yinlari orqali tanish bo‘lgan hujumchi Zayniddin Tojiyev ham to‘p surdi. Uning qatorida O‘zbekiston futzal terma jamoasi bilan Jahon Chempionatiga bora olmagan Jamoliddin Sharipov hamda Andrey Shlyoma ham sohil futbolida o‘ynadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)