Yangi Zelandiyada dunyodagi birinchi xususiy kosmodromning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Loyihaga egalik qiluvchi Rocket Lab. korporatsiyasi ma’lumotlariga qaraganda, kosmodrom quvvati 30 yil mobaynida har 72 soatda parvoz amalga oshirishga mo‘ljallangan.
Obyekt qurilishi 2015-yil dekabrida boshlangan edi.
Raketalar uchirish industriyasining yo‘lga qo‘yilishi, ekspertlarning hisob-kitoblariga qaraganda, mamlakat iqtisodiyotiga keyingi 20 yil davomida 600 million dollardan 1,55 milliard dollargacha keltirishi mumkin.
Izoh (0)