Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) yangi rektori etib To‘lqin Teshaboyev tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

To‘lqin Teshaboyev. Foto: TATU matbuot xizmati

To‘lqin Teshaboyev. Foto: TATU matbuot xizmati

To‘lqin Teshaboyev ushbu lavozimda O‘tkir Hamdamovning o‘rnini egalladi. Hamdamov oliygohga 2016-yilning 8-fevralidan boshchilik qilib kelayotgan edi.

To‘lqin Teshaboyev ilgari Kasaba uyushmalari Federatsiyalari Kengashi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.