Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiyaning Novosibirsk viloyatida o‘smir bola 23-qavatdan yiqilib, tirik qoldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” ichki ishlar vazirligiga tayanib. Renault Logan yengil mashinasining kuzovi tufayli u qattiq yiqilmadi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Guvohlar ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, 16 yoshli o‘spirin 24-sentabr, shanba kuni turar-joyning 23-qavati derazasida osilib mashq qilgan, biroq pastga qulab, Renault Logan markasidagi taksi avtomobili tomiga kelib tushgan. Hodisa joyidan yigitchani turli jarohatlar bilan tez yordam mashinasi olib ketgan.

Ayni paytda uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda. Voqea yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

Guvohlar ta’kidlashicha, o‘spirin o‘z do‘stlariga balandlikda turib tryuk ko‘rsatmoqchi bo‘lgan, biroq pastga qulab ketgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ustoz”, “muallim”, “domla”, “professor” — bu so‘zlarning asl ma’nosi nima?
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” safarda mag’lubiyatga uchradi
Mahalliy
“Ikki milliondan ortiq o‘zbekistonlik xorijda mehnat qilib, daromad topmoqda” — Mehnat vaziri