AQSh Keng qamrovli qo‘shma harakat rejasi doirasida Eronga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarning bir qismini bekor qildi, ammo cheklov choralarining boshqa qismi amalda, negaki u rasmiy Tehronning raketa dasturiga taalluqlidir. Bu haqda AQSh energetika vaziri Ernest Monis MAGATE Bosh konferensiyasining 60-sessiyasi doirasida bergan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
“Bu atom sohasiga oid kelishuv edi. U faqat yadroviy dastur atrofiga qurilgan edi. Sanksiyalarning olib tashlanishi faqat yadroviy dastur atrofidagi masalalarga bog‘liq edi, va bu amalga oshirildi”, — uning so‘zlarini keltiradi “TASS”.
“Lekin shuni eslatib o‘tmoqchimanki, Eronga nisbatan boshqa sanksiyalar ham bor, va bu sanksiyalarning bekor qilinishi kelishuvning bir qismi emas edi”, — qo‘shimcha qildi Monis.
Bir muddat ilgari Eron atom energiyasi tashkiloti rahbari Ali Akbar Solihiy mamlakatga qarshi sanksiyalarni bekor qilish ishida hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaganini aytib, Monisga murojaat qilgan edi.
“Raketa dasturiga taalluqli sanksiyalarning bekor qilinishi kelishuv shartlariga kirmagan edi”, — deb javob berdi Monis.
Izoh (0)