AQSh maxsus xizmatlarining qochqindagi sobiq xodimi Edvard Snouden Germaniyaning Gessen federal yeridagi Kassel shahri tomonidan har yili topshiriladigan Glas der Vernunft (Idrok qadahi) mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda, DPA’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

“AQSh maxsus xizmatlarini fosh etish bilan Edvard Snouden jamoatchilikning fuqarolar ma’lumotlarini cheklanmagan miqdorda to‘plash va saqlash muammolariga bo‘lgan qiziqishini orttirdi. U jasorat va sof idrok bilan o‘z hayoti va xavfsizligini tahdid ostiga qo‘yishga qaror qildi”, — deyiladi mukofot topshirilishi munosabati bilan Kassel portalida joylashtirilgan xabarnomada.

Mukofotni topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim 25-sentabr kuni Kassel davlat teatri binosida bo‘lib o‘tdi. Mukofot sohibining o‘zi marosimda qatnasha olmadi.

“Qonun vijdonning o‘rnini bosa olmaydi”, — dedi Snouden taqdirlash marosimi uchun amalga oshirgan videomurojaatida.