Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahriga tashrifi davomida shaharning 2018-yilgi Olimpiadaga tayyorgarliliga baho berdi. Bu haqda, XOQ matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Bax Pxyonchxanning Olimpiadaga tayyorgarligidan mamnun bo‘ldi. XOQ prezidenti, ayniqsa, Kannin shahridagi jarayonni ta’kidlab o‘tdi. Bu yerda kyorling, chang‘i sporti, xokkey, short-trek va konkida figurali uchish bahslari bo‘lib o‘tadi.
Tashrifi chog‘ida Bax Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy sport vazirlari bilan uchrashib, Osiyoda bo‘lib o‘tadigan uchta Olimpiadaga tayyorgarlik bo‘yicha hamkorlik borasida kelishuv imzoladi.
Ma’lumot uchun, Yaponiya poytaxti Tokio 2020-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilsa, Xitoy poytaxti Pekin 2022-yilgi qishqi Olimpiada mezboni hisoblanadi.
Osiyoda Olimpiya o‘yinlari besh marta o‘tkazilgan (2 ta qishki, 3 ta yozgi): Yaponiyada Tokio-1964 (yozgi), Sapporo-1972 va Nagano-1998 (har ikkisi qishki), Janubiy Koreyada Seul-1988 (yozgi) hamda Xitoyda Pekin-2008 (yozgi).
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)