O‘zbekiston milliy terma jamoasining Rossiya Premyer-Ligasida to‘p suradigan sardori Odil Ahmedov “Krasnodar” bosh murabbiyi Oleg Kononovning iste’fosi haqida fikr bildirdi.
“Bu kutilmaganda sodir bo‘ldi. Lekin bunday holat hamma murabbiy bilan sodir bo‘ladi. Futbolda asosiysi natija. Uni qila olmasang, ketishga tayyor tur”, — deb Ahmedovning so‘zlaridan iqtibos keltirgan “Championat.asia” “Izvestiya”ga asoslanib.
“Murabbiyning iste’fosi muvaffaqiyatsiz startdan so‘ng jamoa o‘ziga kelib olishi uchun yagona to‘g‘ri yo‘l deb o‘ylayman. Murabbiyning o‘zgarishi jamoaga ijobiy ta’sir qiladi. Natija ham kutishga majbur qilmaydi”, — dedi Ahmedov.
Izoh (0)