“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Belarusning “Belavia” aviatashuvchisi bilan havo yo‘llaridan birgalikda foydalanish (kod-shering) to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Bu haqda, milliy aviakompaniya matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Endilikda ikkala aviakompaniya yo‘lovchilari “maftunkor narxlar bo‘yicha sayohat qilish, shuningdek, Minsk orqali tranzit bilan Yevropa va MDHdagi punktlar, Toshkent orqali Markaziy va Sharqiy Osiyo aeroportlariga uchganda qulay tutash yo‘llardan foydalanish” imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ayni paytda “O‘zbekiston havo yo‘llari” va “Belavia” o‘rtasida interlayn-kelishuv amal qiladi. U elektron chiptalarni o‘zaro tan olish va boshqa qulayliklarni yaratadi.
Izoh (0)