Uy-joy buyurtma qilish servisi — Airbnb mablag‘ jalb qilishning ikkinchi raundi doirasida 30 milliard dollarga baholandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Shu tariqa, u kapitalizatsiyasi bo‘yicha dunyoning uchinchi startapi bo‘lib turibdi — bu borada u faqat Uber taksi buyurtma qilish servisi hamda Xitoyning Xiaomi smartfon ishlab chiqaruvchisidan ortda qolmoqda.
Kompaniya xabarnomasida ta’kidlanishicha, 555,5 million dollar miqdorida investorlik mablag‘i jalb qilindi. Ushbu raund doirasidagi moliyalashtirishning umumiy hajmi 850 million dollarni tashkil etishi mumkinligi aytilmoqda.
Asosiy investorlar — Google Capital (Alphabet Inc. investitsion bo‘linmasi) va Technology Crossover Ventures. Raund yakunlariga ko‘ra Airbnb’ning bitta aksiyasi 105 dollarga baholandi. O‘tgan investitsiya jalb qilish raundida bu ko‘rsatkich 93,09 dollarga teng bo‘lgan edi.
Izoh (0)