BMT bosh kotibi Pan Gi Mun o‘z lavozimini tark etganidan keyin AQSh prezidenti Barak Obamaga golf o‘ynashni taklif qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun va AQSh prezidenti Barak Obamaning vakolatlari 2017-yil yanvar oyida yakuniga yetadi. BMT bosh kotibi AQSh prezidentidan uni basketbol dueliga chaqirmaslikni so‘ragan.Pan Gi Mun BMT bosh qarorgohi 38-qavatidagi xonasini Yangi yil bayrami arafasida tark etishini, Obama esa 20 kun o‘tib o‘z lavozimidan ketishini ta’kidladi.
“Janob prezident, ishimizni tark etgach nima bilan shug‘ullanishimiz haqida o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Men sizni golf o‘yiniga taklif etaman, ammo, iltimos, meni basketbol o‘ynashga chaqirmang”, – dedi BMT bosh kotibi Nyu-Yorkdagi jahon yetakchilari bilan tushlik vaqtida.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)