AQSh prezidentligiga Respublikachilardan nomzod, 70 yoshli milliarder Donald Trampning sog‘lig‘i risoladagidek. Bu haqda uning shifokori Garold Bornstayn tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnomada aytilgan, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Janob Tramp faqat bir marta gospitalizatsiya qilindi, o‘shanda u 11 yoshda bo‘lib, ko‘richakni olib tashlash bo‘yicha operatsiyadan o‘tgan edi”, — deyiladi hujjatda.
“U gipolipidemik preparatlar va kichik dozada aspirin qabul qiladi. U tamaki va alkogol iste’mol qilmaydi”, — ma’lum qildi Bornstayn.
Ilgariroq Tramp raqibi Hillari Klintonning xastaligi bilan bog‘liq ravishda tibbiy tekshiruvdan o‘tgani haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishni va’da qilgandi.
Darhaqiqat, bir muddatdan so‘ng milliarder jurnalistga tibbiy tekshiruvi xulosalarini taqdim etdi.
Izoh (0)