Angliyaning “Everton” jamoasi saraton kasalligiga chalingan “Sanderlend” klubining 5 yoshli muxlisi Bredli Lourining davolanishiga 240 ming yevro ajratdi. Bu haqda Liverpul shahri klubi matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
12-sentabr kuni Angliya chempionati 4-tur so‘nggi o‘yinida “Sanderlend” jamoasi o‘z maydonida “Everton” futbolchilarini qabul qildi. “Everton”ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yindan avval Louri futbolchilarni maydonga boshlab chiqdi.
Xabarda qayd etilishicha, bolakayning ota-onasi uning davolanishi uchun kerakli bo‘lgan 830 ming yevroni yig‘ish uchun barcha imkoniyatni ishga solmoqda. “Everton” o‘z muxlislarini mazkur aksiyani qo‘llab-quvvatlashga va Bredliga saraton bilan kurashishga yordam berishga chaqirdi.
Izoh (0)