Turkiya sharqidagi Van shahrida minalashtirilgan avtomobilning portlatilishi oqibatida 50 kishi yaralandi. Bu haqda, viloyat hokimi Ibrohim Tashyapanga asoslanib, “RIA Novosti” ma’lum qildi.
Minalashtirilgan avtomobil viloyat ma’muriyati, Adolat va taraqqiyot partiyasi mahalliy bo‘linmasi hamda politsiya idorasi binolari joylashgan maydonda portlatildi.
Yaradorlar orasida to‘rt nafar politsiyachi hamda to‘rt nafar Eron fuqarosi bor. Ularning ikki nafari og‘ir ahvolda.
Teraktni Kurdiston ishchi partiyasi jangarilari uyushtirgani taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)