Rio—2016 Paralimpiadasining uchinchi kunidan keyin O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 8-o‘rinni egallab turibdi.
Festivalning uchinchi kuni yakuniga ko‘ra o‘zbekistonlik sportchilar qo‘lga kiritgan medallarning umumiy soni 19 taga yetdi: 4 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza.
O‘zbekiston singari 4 tadan oltini bor bo‘lgan Gollandiya va Germaniya delegatsiyalari kumushlar soni evaziga oldingi pog‘onalardan joy olgan. Aynan shu sababga ko‘ra Tunis va Meksika o‘zbekistonliklardan keyin qayd etilgan.
Umumjamoa hisobida dastlabki uchlik o‘zgarishsiz qoldi — Xitoy, Buyuk Britaniya va Ukraina.
O‘zbekiston terma jamoasining XV Paralimpiadada qayd etayotgan natijasi Osiyo qit’asi va MDH mamlakatlari orasida ikkinchi ko‘rsatkich hisoblansa, Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchisidir.
Markaziy Osiyo davlatlarining Paralimpiadadagi umumiy ko‘rsatkichi ham O‘zbekistonnikidan yaxshi emas. Hozircha Qozog‘iston terma jamoasi hisobida 1 ta oltin medal bor.
Shuningdek, Ukraina inobatga olinmaganidagi MDH mamlakatlarining medallar soni bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichi ham O‘zbekistonnikidan kam. Belarus, Latviya, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston va Litva delegatsiyalari umumiy 14 ta medalga ega chiqqan.
Izoh (0)