Apple kompaniyasi bundan buyon yangi avlod smartfonlari sotuvga chiqarilganining ilk dam olish kunlarigacha qancha miqdorda sotilgani haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilmaydi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, TJournal xabar bermoqda.
Ko‘pgina tahlilchilarning fikricha, buning sababi iPhone shuhratining eng yuqori bosqichidan o‘tib bo‘lganidadir — endilikda kompaniya har yili rekord darajadagi xaridlar haqida xabar bera olmaydi.
“Ma’lumot qancha kam bo‘lsa, shuncha yomon. Ayniqsa atrofidagi savollar shusiz ham ko‘p bo‘lgan yangi avlod iPhone’ga kelganda”, — dedi BGC Partners tahlilchisi Kolin Gillis.
Ba’zi ekspertlar esa xaridlarning dastlabki uch kuni emas, balki birinchi oyi muhimligini ta’kidlamoqda.
Kompaniya vakillari bu qarorni quyidagicha tushuntirdi:
“iPhone’ning dastlabki xaridlari talabga emas, ko‘p jihatdan qancha uskuna sotuvga chiqarilganiga bog‘liq edi. Shu bois biz bu ko‘rsatkich ortiq investorlarimiz va mijozlarimiz uchun muhim emas, degan qarorga keldik”.
iPhone xaridlaridan olinadigan daromad kompaniya umumiy daromadining deyarli yarmini tashkil etadi.
Izoh (0)