Bir hafta avval raketasi start maydonida portlab ketgan SpaceX kompaniyasi 9 oydan 12 oygacha bo‘lgan muddatda kosmik qurilmalarni uchirmaydi. Bu haqda unga raqobatchi bo‘lgan United Launch Alliance (ULA) korporatsiyasi rahbari Tori Bruno ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
ULA rahbari fikricha, hodisani tekshirish uchun SpaceX rahbariyati aynan shuncha vaqt sarflaydi.
“Odatda qurilmalarni uchirishga qaytish uchun 9 oydan 12 oygacha vaqt ketadi. Bu tarixdan ma’lum”, — dedi Bruno.
Eslatib o‘tamiz, Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga qarashli Falcon 9 tashuvchi raketasi 1-sentabr kuni Kanaveral burnida (Florida shtati, AQSh) joylashgan SLC-40 parvoz platformasidagi sinov chog‘ida portlab ketdi.