O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 8-sentabr kuni Italiyaning yangi tayinlangan elchisi Andrea Bertotssini qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Elchi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi”, — deyiladi TIV axborotida.
Italiyalik diplomat O‘zbekiston hukumati va xalqiga O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan o‘z mamlakati rahbariyatining hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazar ekan, O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish va rivojlantirishda Islom Karimov muhim rol o‘ynaganini ta’kidladi.
Muloqot davomida O‘zbekiston—Italiya hamkorligini yanada mustahkamlash hamda uning kun tartibini kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.