Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi prezidenti Anxel Mariya Vilyar UEFA rahbarligi uchun saylovlardan o‘z nomzodini olib tashladi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Uzoq o‘ylanishlardan so‘ng (UEFA prezidentligiga) nomzodimni olib tashlashga qaror qildim”, – dedi Vilyar.
UEFA prezidentligiga saylov 14-sentabr kuni Afina shahrida bo‘lib o‘tadi. Tashkilot rahbari to‘g‘ridan-to‘g‘ri FIFA vitse-prezidentiga aylanadi.
Shunday qilib, UEFA prezidentligiga Sloveniya futbol ittifoqi prezidenti Aleksander Cheferin hamda Mixael van Prag Gollandiya qirolligi futbol ittifoqi rahbari da’vogarlik qiladi.
Izoh (0)