Navoiy shahrining “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 14-umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘quv yilini yangi maktabda boshladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Joriy yilda Navoiy viloyatida umumta’lim maktablarining 1-sinfiga 17 ming 800 dan ziyod bola qabul qilindi. Yangi o‘quv yili “Xotira darsi” bilan boshlandi.
“630 o‘ringa mo‘ljallangan ta’lim maskani barcha o‘quv jihozlari bilan ta’minlangan. Qariyb 5 milliard so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan yangi maktab yoshlarning har tomonlama barkamol ulg‘ayishiga xizmat qiladi”, — deydi maktab direktori Gulnora O‘rinova.
Joriy yilda viloyatda investitsiya dasturiga asosan 16 umumta’lim maktabida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, ayni maqsadlar uchun 14 milliard 709 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Izoh (0)