Kuba Respublikasi davlat kengashi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan mamlakatda rasman motam e’lon qildi. Bu haqda Kubaning ACN davlat agentligi xabar bermoqda.
Motam 5-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 06:00 dan 24:00 ga qadar davom etadi. Motam paytida barcha davlat binolari va harbiy muassasalarda Kuba davlat bayrog‘i tushirib qo‘yiladi.
Izoh (0)