Hindiston shimolidagi Jammu va Kashmir shtatidagi ommaviy to‘qnashuvlarda 250 kishi jarohatlandi. Bu haqda, Tribune nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Shtatda ikki oydan buyon tartibsizliklar davom etmoqda. Eng jiddiy to‘qnashuvlar Anantnag va Shopian okruglarida ro‘y berdi. U yerda yoshlar olomoni politsiya idoralari va mahalliy hokimiya binolarini toshbo‘ron qila boshladi. Bunga javoban politsiya o‘t ochib, namoyishchilarga jiddiy zarar yetkazdi.
Yuzdan ortiq odam og‘ir yaradorliklar bilan shifoxonalarga yetkazildi.
Izoh (0)